Bugun Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Qiziltepa tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida tumandagi 17-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida zamonaviy ta’lim dasturlari va ularni o‘rganishga bag‘ishlangan “Zamonaviy ta’lim dasturlariga kirish (Marshall Cavendish Education MCE dasturlari asosida)” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga bolalarning mantiqiy fikrlashi, ijodiy tafakkuri hamda mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan “Kinder Thinkers” dasturining mazmuni va metodik yondashuvlari batafsil tushuntirildi.
Tadbirda zamonaviy ta’lim metodikalari, innovatsion yondashuvlar, xalqaro tajribalar asosida ishlash mexanizmlari muhokama qilindi. Jarayon interaktiv savol-javoblar, amaliy misollar va tajriba almashish bilan boy tarzda tashkil etildi.
Mazkur seminar pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda maktabgacha ta’lim jarayoniga ilg‘or metodikalarni joriy etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.


