Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

HAMKORLIK MEMORANDUMI

Bugun Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi hamda Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi o‘rtasida o‘zaro pedagog kadrlar salohiyatini rivojlantirish, ularning kasbiy bilimlarini oshirish, ijtimoiy masalalarning o‘zaro integratsiyasi asosida ta’lim sifatini oshirish, ta’lim tizimiga xorijiy tajribalarni joriy etish maqsadida Hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Hujjatni Pedagogik mahorat markazi direktori Uktamjon Mardanov va Madaniyat maktabi direktori A.Egamovlar imzolashdi.

Memorandumga ko‘ra, hamkorlikning qo‘yidagi asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi:

Pedagog kadrlar salohiyatini rivojlantirish, ularning bilimlarini oshirish hamda o‘quv, ilmiy, innovatsion hamkorlik doirasida tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish;

Ta’lim-tarbiya jarayonlarini sifatli tashkil etishda o‘quv-metodik kontentlarni tayyorlash, ko‘rik-tanlov va ko‘rgazmalarni o‘tkazish hamda ta’limga oid innovatsion tadqiqotlar olib borish;

Madaniyat maktabi pedagoglari va mutaxassislari uchun qisqa muddatli maqsadli, muammoli va mualliflik kurslarini tashkil etish;

Pedagoglarning malakasini oshirish hamda xorijiy stajirovkalarni tashkil etishda hamkorlik qilish.