Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Ziyo ulashib

Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida “Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak maʼnaviyatga erishib bo‘lmaydi. Kitob o‘qimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yo‘q” mavzusida “Kitob o‘qish soati” doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbir Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi hamda Markazning Axborot-resurs markazi (ARM) hamkorligida o‘tkazilib, unda kafedraning tarix fani o‘qituvchilari, markaz xodimlari va tinglovchilari faol ishtirok etdilar.

Davra suhbatida kitob mutolaasining shaxs kamoloti, pedagogning kasbiy mahorati hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi. Ishtirokchilar tomonidan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar ongida mutolaa ko‘nikmalarini mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etishda badiiy va ilmiy adabiyotlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, viloyat miqyosida kitobxonlikni ommalashtirish, pedagoglar o‘rtasida muntazam “Kitob o‘qish soati”ni yo‘lga qo‘yish, eng faol kitobxonlarni rag‘batlantirish hamda zamonaviy va klassik adabiyotlar targ‘ibotini kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur tadbir viloyat miqyosida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda pedagoglarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.