Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Hazrat Navoiy 585 yilligi

Bugun Hazrat Navoiy tavalludining 585 yilligi butun dunyo miqyosida keng nishonlanmoqda. Asrlar osha tobora o‘lmas xazinaga aylanib borayotgan Navoiy merosi yil sayin yangi qirralarda ochilib, avlodlarga bilim berib kelmoqda.

Bugun Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida ham buyuk mutafakkir tavallud topgan kuni munosabati bilan Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari va kurs tinglovchilari tomonidan tonggi tadbir tashkil etildi.

Tadbirda pedagog xodimlarning Navoiy merosi haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi, ijod namunalaridan parchalar o‘qildi, «Zamondosh bo‘lganimda…» savoliga javoblar yozildi.