Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Xalqaro hamkorlik

Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Uktamjon Mardanov hamda Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi, filippinlik janob Bernardo Melchor o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bundan buyon janob Melchor Pedagogik mahorat markazida xorijiy maslahatchi sifatida faoliyat yuritib, markaz o‘qituvchilari va tinglovchilariga o‘z malakalari bilan ko‘maklashadi.

Jarayonda 2026-yilda hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar muhokama qilinib, olib boriladigan ishlar, ta’lim jarayonlari to‘g‘risida kelishib olindi.

Eslatish joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-231-sonli Qaroriga muvofiq maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi samaradorligini taʼminlash, ularning kasbiy bilim, koʻnikma va mahoratini muntazam oshirib borish, Prezident maktablarida toʻplangan ilgʻor tajribalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga keng tatbiq etish maqsadida viloyatlar pedagogik mahorat markazlariga nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarini bitirgan chet ellik mutaxassislarni xorijiy maslahatchi sifatida jalb etish belgilangan.