Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi va A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan “2026-yilda malaka oshirish kurslarini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish” mavzusida bo‘lib o‘tgan seminar-treningdan olingan bilim va xulosalar yuzasidan jamoa yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni markaz direktori Uktamjon Rustamov hamda direktor o‘rinbosari Dilmurod Safarovlar olib borishdi. Yig‘ilishda malaka oshirish tizimini rivojlantirish, sifat va samaradorlikni oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Uzluksiz malaka oshirish kurslarini tashkil etish tartibi, qayta tayyorlash platformalari bilan ishlash, raqamli ta‘lim muhitida davomatni nazorat qilish, biometrik va geolokatsiya texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga integratsiya qilish yo‘nalishlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar jamoaga taqdim etildi. Kamchiliklar yuzasidan jamoaviy ishlash bosqichlari kelishib olindi.


