Aziz vatandoshlar!
Jonajon O‘zbekistonimizga xalqimiz ulkan orzular bilan kutayotgan bayram – Yangi 2026-yilning kirib kelishi daqiqalar sayin yaqinlashmoqda.
Ayni quvonchli lahzalarda Siz, azizlarni, Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Imkoniyatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik, xonadoningizga fayzu baraka tilashdan baxtiyorman.
2025-yil voqelikka boy, barakali va serunum yil bo‘ldi. Joriy yilda barcha sohalarda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar natijasi bugun har bir jamoada, har bir inson va oilada sezilayotgani, tabiiyki, hammamizni xursand qiladi. Albatta, amalga oshirilgan barcha islohotlarning negizida hurmatli Prezidentimizning chuqur o‘ylangan siyosati va irodasi, xalqimizning fidokorona mehnati turibdi.
Barchamizga ma’lum, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekistonda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deya e’lon qilindi.
Kirib kelayotgan yilga bunday nom berilishi, shubhasiz, Yangi O‘zbekistonda mahalla tizimini takomillashtirish va jamiyatning har bir a’zosiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaldagi yana bir ifodasi bo‘ldi.
Yangi yilda o‘z oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlarimiz xalqimiz turmush darajasining yanada farovon bo‘lishiga xizmat qilib, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi, deb ishonaman.
Aziz yurtdoshlar!
Yana bir bor barchangizni kirib kelayotgan Yangi 2026-yil bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Barchangizga sog‘lik-omonlik, oilaviy xotirjamlik, jonajon Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.
O‘z yutuqlari, iqtisodiy salohiyat va imkoniyatlari bilan dunyo xalqlarining havasini oshirayotgan Yangi O‘zbekistonimizga Yangi yilning qadami qutlug‘ kelsin!
UKTAMJON MARDANOV,
Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori


