Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!”

Ona yurtimizning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Yosh avlodni ham Vatanga sadoqat, yurtga mehr kabi ulug‘ tuyg‘ular bilan tarbiyalashda, avvalo, milliy tug‘imiz, yurtimiz ramzlari bo‘lmish gerb va madhiyamizga alohida hurmatni shakllantira bilmog‘imiz shart.

Bugun Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganining 34 yilligiga bag‘ishlab tarbiya kursi tinglovchilari ishtirokida bayramona ochiq dars o‘tkazildi.