Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Uchrashuv

Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida Prezident maktabi direktori va ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari ishtirokida “O‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvni Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Uktamjon Mardanov kirish so’zi bilan ochib berdi.

Ochiq muloqotda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i o‘rinbosari Muhiddin Qushokov, Navoiy shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Odil Norov, Navbahor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Ilxom Ablakulov, Qiziltepa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Mehriniso Xolova, Nurota tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Sanjar Raximov, Konimex tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Kaldarbek Yesibekov, Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori v.v.b Jamshid Teshayev, Xatirchi tumani ixtisoslashtirilgan maktabning o‘quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Yulduz Ro’ziyeva hamda Pedagogik mahorat markazi o’qituvchilari qatnashdilar.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish jarayonida Prezident maktabi va ixtisoslashtirilgan maktablarining ilg‘or pedagogik tajribalari, boshqaruv modeli hamda innovatsion ta’lim texnologiyalarini o‘rganish va ularni amaliyotga joriy etishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.

Shu orqali o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalari — tanqidiy va mantiqiy fikrlash, ijodkorlik, kommunikativ savodxonlik, raqamli kompetensiyalar, muammolarni hal qilish, jamoada ishlash va o‘z-o‘zini rivojlantirish kabi kompetensiyalarni shakllantirishning samarali mexanizmlarini aniqlash, maktab rahbarlari o‘rtasida tajriba almashish imkoniyatini yaratish hamda ta’lim jarayonini innovatsion boshqarish bo‘yicha konseptual takliflarni ishlab chiqish ko‘zda tutiladi.