Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi va Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, u asosida muntazam ravishda master-klasslar tashkil etiladi. Ilm va taraqqiyot sari birgalikdagi qadam sifatida noyabr oyidagi kimyo va biologiya kursi tinglovchilarilarining Prezident maktabiga tashrifi tashkillashtirildi. Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi tinglovchilari Navoiy shahridagi Prezident maktabida tajriba almashishdi.


