Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

O‘quv-amaliy seminar

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida “Texnologiya fanini STEM va robototexnika yondashuvi asosida o‘qitish” mavzusidagi viloyat o‘quv-amaliy seminari boʻlib oʻtmoqda.

O‘quv-seminar maqsadi viloyat umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun yangi innovatsion yondashuvlarni o‘rgatish va amaliyotga tadbiq qilish, xususan, texnologiya fani o‘qituvchilariga robototexnika sohasida bilim va ko‘nikmalarni boyitish, ularning ta’lim jarayonida zamonaviy usullarni qo‘llash malakasini oshirishdan iborat.

Tadbirda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati va mutaxassislari, Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy insituti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori. F.A.Nasrullayeva, Respublika ta’lim markazi amaliy fanlari bo‘limi boshlig‘i N.M. Aloviddinova, Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish sho‘basi boshlig‘i T.B.Kayupov, «Robototexnika» MCHJ rahbari A.Qo‘chqarov, Texnologiya fani darsligi mualliflari O‘.Tohirov va U.Bozorovlar, Pedagogik mahorat markazi texnologiya fani tinglovchilari, Navoiy viloyati umumta’lim maktablari texnologiya fani o‘qituvchlari, robototexnikaga qiziquvchi o’quvchilar ishtirok etdi.