Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi hamda Ozarbayjon davlat universitetining Quba filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatni Markaz rahbari Uktamjon Mardonov va Universitetning Quba filiali rektori Yusif Aliyevlar imzolashdi.
📝Memorandumda endilikda hamkorlikda o‘qituvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, ilmiy anjumanlar, seminarlar, vebinarlar, sohaga oid turli treninglar, mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish, ta’lim texnologiyalari va metodikalari sohasida tajriba almashish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish va ularning natijalarini nashr etish, kelajakda turkiyzabon davlatlarning pedagogik mahorat markazlari, malaka oshirish institutlari o‘rtasida Kengash tashkil qilish rejalashtirilib, ikki qardosh davlat o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari ko‘zda tutilgan.


