Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Navoiylik pedagoglar Ozarbayjonda

Ozarbayjon Davlat Pedagogika universitetining Guba filialida “Inklyuziv ta’lim va STEAM texnologiyalaridan ta’limda foydalanish metodikasi” mavzusida xalqaro malaka oshirish kurslari oʻz ishini boshladi.

➡️Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazining 5 nafar professor-o‘qituvchilari ham mazkur kursda faol ishtirok etmoqdalar.

👉Kurslar doirasida ishtirokchilarga zamonaviy ta’lim texnologiyalari, xususan, STEAM yondashuvi va inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar berilmoqda. Interaktiv shaklda tashkil etilgan mashg‘ulotlar qatnashchilarga ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish imkonini yaratmoqda.

✔️Kurslarning amaliy qismi doirasida navoiylik pedagoglar Ozarbayjonning yetakchi ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishish, o‘qitish jarayonida innovatsion yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.