Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida pedagog kadrlar salohiyatini rivojlantirish, malaka oshirish kurslarida ta’lim sifatini oshirishda xorijiy tajribalarni joriy etish, Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamkorligida pedagog xodimlar bilan tajriba almashish maqsadida mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinadi.
👉Bugun xorijiy maslahatchi Dumitru Kristesku Bogdan tomonidan «Geografiya darslarida 5 Е modelidan foydalanish. Xarita bilan ishlashda SAMR modelidan foydalanish» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.


