DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Navoiy_Chimboy: Tajriba, hamkorlik, muloqot

Navoiy viloyati hokimligining 2025-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani hamda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘rtasida ustoz va murabbiylar ishtirokida onlayn tajriba almashuv loyihasi yo‘lga qo‘yildi.

Bugun Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Pedagogik mahorat markazi hamkorligida “Navoiy–Chimboy” onlayn master-klass loyihasining navbatdagi muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Muloqotni markaz direktori U.Mardanov ochib berdi. Tadbir davomida tajriba almashinuvi, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va sun’iy intellekt imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Ma’ruzachilar:
▫️ Usmonov Otabek, tarix va huquq asoslari metodisti – “Tarix darslarida o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish”
▫️ Jamilova Ziyoda, Navbahor tumani 33-maktab tarbiya fani o‘qituvchisi – “Tarbiya fanini zamonaviy va samarali o‘qitish”
▫️ Boboqulov Jaloliddin, “Uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish” bo‘limi boshlig‘i – “Darslarni samarali tashkil etishda sun’iy intellekt dasturlarining ahamiyati”

Ushbu muloqot ustozlarning kasbiy rivojlanishi, hududlararo hamkorlikni mustahkamlash va innovatsion tajribalarni almashish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.