Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Kimyo darslarida XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirishda ijodkorlikni o‘stiruvchi omillar

Resurs haqida

Resurs turiUslubiy qo‘llanma
Resurs nomiKimyo darslarida XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirishda ijodkorlikni o‘stiruvchi omillar
MuallifiX.N. Xasanova

Ushbu uslubiy qo’llanma umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida kimyo fanidan XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirishda ijodkorlikni o‘stiruvchi omillar borasida taklif va tavsiyalarni umumlashtiradi. Ta’lim tizimida so‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar kimyo fanini o‘qitishda yangicha yondashuvlarni joriy etishga turtki bo‘lmoqda. Qo‘llanmada o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini, jumladan kreativlik, tanqidiy fikrlash, kollaboratsiya va kommunikatsiyani rivojlantirishning xorijiy va mahalliy tajribalar asosida shakllantirilgan ilmiy-metodik asoslari yoritilgan. Ta’lim jarayonida muammoli ta’lim yondashuvlari, vizualizatsiya, turmush va kundalik hayotda uchraydigan hodisalar bilan fanni integratsiya qilish orqali ijodkorlikni oshirish mexanizmlari aniq metodlar va yondashuvlar asosida ochib berilgan. Uslubiy qo‘llanmani tayyorlashda mavzuga oid so‘nggi yillardagi tadqiqotlarning natijalari, shuningdek mualliflar tomonidan olingan yangi ilmiy natijalar ham keltirilgan. Mazkur uslubiy qo‘llanma kimyo fani yo‘nalishida o‘qiydigan talabalar, metodistlar va kimyo fani o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.