Eng munosib pedagoglarni saralash jarayonlari davom etmoqda
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olish uchun o‘tkazilayotgan suhbatlarning ikkinchi kuni.
Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida davom etayotgan jarayonlarda pedagoglar nafaqat o‘z bilim va tajribalarini, balki ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan g‘oya hamda tashabbuslarini ham namoyon etmoqda. Suhbat davomida nomzodlarning kasbiy tayyorgarligi, pedagogik faoliyatdagi natijalari, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish darajasi va ijodkorlik salohiyati atroflicha baholanmoqda.
Uch kun davomida viloyatimizning ustamaga davogar 205 nafar pedagogi suhbatdan o‘tishi rejalashtirilgan. Jarayonlar belgilangan mezonlar asosida adolatli va shaffof tarzda tashkil etilib, har bir ishtirokchiga o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyish etish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.


