Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Kasbiy mahoratni baholash

Vazir jamg‘armasi ustamasi uchun nomzodlar suhbatdan o‘tmoqda

Bugun Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralashning 2-bosqichi — kasbiy mahoratni baholash bo‘yicha suhbat jarayonlari boshlandi.

Suhbatlarda saralashning 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagoglar ishtirok etib, o‘zlarining kasbiy kompetensiyalari, pedagogik mahorati, amaliy tajribasi hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yondashuvlarini namoyish etmoqdalar.

Jarayonda nomzodlarning zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalari, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish tajribasi va kasbiy rivojlanishga bo‘lgan intilishi baholanmoqda.

Suhbatlar belgilangan nizom va baholash mezonlari asosida, ochiqlik, xolislik va shaffoflik tamoyillariga amal qilingan holda tashkil etilmoqda.

Nomzodlar uchun barcha zarur tashkiliy va texnik shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, jarayonlar yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.