Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun yakuniy attestatsiya jarayonlarida markaz direktori Uktam Mardanov hamda xorijiy maslahatchi Bernardo Melchor ishtirok etib, pedagoglar tomonidan tayyorlangan loyiha ishlari, mikrodarslar va metodik taqdimotlar bilan yaqindan tanishdi.
Attestatsiya davomida tinglovchilar xorijiy ta’lim tajribalari asosida ishlab chiqilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar hamda innovatsion texnologiyalarni amaliyotda namoyish etdi.
Mikrodarslarda o‘quvchilar faolligini oshirish, tanqidiy va kreativ fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan usullar alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
Shuningdek, Bernardo Melchor markazning bo‘lim boshliqlari va kafedra mudirlari bilan suhbat o‘tkazib, ta’lim sifati, metodik hamkorlik hamda xorijiy tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Jarayonda xorijiy maslahatchi taqdim etilgan loyiha ishlari va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori baholab, xalqaro tajribalarni ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish borasidagi ishlarni e’tirof etdi.


