Aprel oyi davomida Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida xalqaro hamkorlik aloqalari izchil olib borildi. Xususan, Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi, filippinlik janob Bernardo Melchor hamkorlik shartnomasiga asosan xorijiy maslahatchi sifatida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Hamkorlik doirasida Markaz direktori Uktamjon Mardanov bilan 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalarni muhokama qilish hamda ta’lim jarayonlarini yanada takomillashtirish yuzasidan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ta’lim tashkilotlari rahbarlari, pedagoglari hamda mutaxassis kadrlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish, shuningdek Prezident maktablarida to‘plangan ilg‘or tajribalarni umumta’lim muassasalariga keng joriy etish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.


