Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida “Maktabgacha ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, yangiliklar va istiqbollar” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Mazkur seminar-treningning asosiy maqsadi — maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy yondashuvlar hamda innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan tinglovchilarni tanishtirishdan iborat.
Tadbir davomida ishtirokchilarga sohadagi yangiliklar, istiqboldagi ustuvor vazifalar va rivojlanish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, jarayonda Reggio Emilia pedagogikasi yondashuvining mazmun-mohiyati keng yoritilib, uning bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati tushuntirildi. Bolaga yo‘naltirilgan ta’lim muhitini yaratish prinsiplari, bolalarning ijodkorligini qo‘llab-quvvatlash va mustaqil fikrlashini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar-trening ishtirokchilar uchun amaliy va nazariy jihatdan muhim bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.


