Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazlari hamkorligida “Pedagogik faoliyatda sun’iy intellektdan foydalanishning afzalliklari” mavzusida vebinar tashkil etildi.
Vebinarda tajribali mutaxassislar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha muhim va amaliy ahamiyatga ega taqdimotlar bilan ishtirok etdilar:
🔹 Nurislam Xudayberdiyev – zamonaviy ta’lim platformalari orqali dars samaradorligini oshirish yo‘llarini yoritib berdi.
🔹 Toʻlqin Kadirov – JeopardyLabs platformasi misolida interaktiv va qiziqarli dars tashkil etish usullari bilan o‘rtoqlashdi.
🔹 Quvonch To‘xtayev – NotebookLM dasturining imkoniyatlari hamda uning ta’lim jarayonidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdi.
Vebinar davomida sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish, raqamli ta’lim resurslarini dars jarayoniga integratsiya qilish, o‘quvchilar faolligini oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlar keng muhokama qilindi.
Tadbir interaktiv ruhda o‘tib, ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan faol qatnashdilar, savol-javoblar orqali amaliy bilimlarini yanada boyitdilar.
Mazkur vebinar hududlar o‘rtasida tajriba almashish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini ommalashtirishda muhim qadam bo‘ldi.
Bunday mazmundor va innovatsion ruhdagi tadbirlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.


