Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Ekologiya — eng dolzarb mavzu

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida “Atrof-muhit ifloslanishi va uni kamaytirishning zamonaviy texnologiyalari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni shakllantirish va zamonaviy yondashuvlarni ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari muhokama qilinib, hududdagi pedagoglar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Seminar davomida kimyo darslarida ekologik madaniyatni shakllantirish, suv resurslarining ifloslanishi va uning tirik organizmlarga ta’siri, kimyoviy moddalar ta’sirida atrof-muhit ifloslanishi, zaharli gazlar ta’sirida havoning ifloslanishi, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi kimyoviy moddalar, chiqindini qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalari kabi bir qator mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasida savol-javob va o‘zaro tajriba almashish jarayoni tashkil etildi.

Mazkur seminar-trening pedagoglarning ekologik bilimlarini boyitish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.