Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

TRENING

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, YUNISЕF tashkiloti hamda Pedagogik mahorat markazi hamkorligida viloyatning maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun tashkil etilgan trening mashg‘ulotlarining ikkinchi kuni ham samarali o‘tmoqda.

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida o‘tayongan mashg‘ulotlarda bugun «Maktabgacha ta’limda fasilitatsiya va muloqotning ahamiyati», «Redjio pedagogik yondashuvi asosida kuzatuv va hujjatlashtirish», «Ota-onalarning ishtiroki va oilalar bilan muloqoti», «Turli xil nizolar va ularni bartaraf etish yo’llari» mavzulariga to‘xtalib o‘tildi.

Trening jarayonlarni tahlil qilish, o‘zaro fikr almashish va istiqboldagi qadamlar bo‘yicha aniq tavsiyalar berish uchun ayni muddao bo‘ldi.