Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida «O‘qish savodxonligini rivojlantirish: interaktiv metodlar va hayotiy kompetensiyalar integratsiyasi» mavzusida seminar-trening mashg’uloti bo’lib o’tdi.
Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi bilan hamkorlikda o’tkazilgan seminar mashg’ulotida pedagogik mahorat markazi tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi dotsenti Mavjuda Suvonova «Ona tili va adabiyot darslari samaradorligini xalqaro baholash dasturi asosida oshirish», Karmana tumani 27-maktab o’qituvchisi Xurshida Xomitova «Nanotalim — yangi asr oʻrganish modeli (matn bilan ishlash va uni tahlil qilish metodikasi)», Karmana tumani 28-maktab o’qituvchisi Dilafruz Musoyeva «Matn asosida o’qish savodxonligini rivojlantirish», Karmana tumani 27-maktab o’qituvchisi Gulruh Rajabova «Men va boshqalar», Xatirchi tumani 10-maktab o’qituvchisi Muhayyo Xudoyqulova «PISA xalqaro baholash dasturi asosida «Gender tenglik» matnini tahlil qilish» mavzularida ma’ruzalar qilishdi.


