Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida “Umumta’lim maktablari pedagog-xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishidagi muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib oʻtdi.
Anjumanda respublikaning soha mutaxassislari, yetakchi olimlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va magistrantlar ishtirok etishdi.
Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish va ularni tayyorlaydigan muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i G‘aniyev Husanboy Zaylobidinovich kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Jarayonda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi dirеktori Mardanov Uktam Rustamovich ham zamonaviy ta’limda pedagog-xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi muhimligi hamda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o‘z so‘zida to‘xtalib o‘tdi.
Anjumanda Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi direktor o‘rinbosari Sanjarbek Boborahimov «Pedagogning kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda zamonaviy yondashuvlar», Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent Maxbuba Raximqulova «Inklyuziv ta’lim – har bir bola uchun teng imkoniyat «, Navoiy davlat universiteti Tabiiy fanlar va tibbiyot fakulteti dekani, dotsent Marat Shamuratov «O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishida zamonaviy metodlar», Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi dotsenti Dilfuza Karimova «Yosh avlodni tarbiyalashda umuminsoniy ma’naviy merosning o‘rni», Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi direktorining pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Dilyara Tuxfatullina «O‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini o‘lchash va baholash usullari: yangi texnologik yondashuvlar», Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi metodisti Ulfat Rahmonov «Uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi o‘quvchilarni loyiha ishlari asosida tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalarini rivojlantirish» mavzularida ma’ruzalar qilishdi.
Tadbir ta’lim sohasidagi innovatsiyalar va pedagoglar kasbiy rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.


