Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Seminar-trening

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar hamkorligida “Maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda rahbarning o‘rni” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ta’lim tashkilotlari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, psixologlar, tajribali pedagoglar, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Mahorat markazining Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi, Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari kafedrasi, Fanlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan tashkillashtirilgan seminar-treningda o‘z kasbiy faoliyati davomida yutuqlarga erishgan pedagog-o‘qituvchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni muhokama qilishdi.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan “Maktab o‘quvchilarining ongiga ijtimoiy muhit va tengdoshlar bosimining ta’siri”, “Maktab o‘quvchilarining tarbiyasida raqamli manbalardan olinayotgan axborotlarning o‘rni”, “Umumta’lim maktablarida sinf rahbari va direktor o‘rinbosari hamkorligida tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va tashkillashtirish”, “Maktab o‘quvchilarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarini shakllantirishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘rni”, “Murakkab o‘quvchi” bilan ishlash qoidalari”, “Maktab–oila–mahalla hamkorligi: samarali faoliyat va amaliy tajribalar” mavzularida ma’ruzalar qilindi.