Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Jarayon

Tarbiyachilarning amaliy faoliyatida pedagogik laboratoriya usullaridan samarali foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari uchun “Pedagogik laboratoriya” mavzusida amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikasi kafedrasi, Мaktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish hamda Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari tomonidan tashkillashtirilgan tadbirda 60 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Tadbirni Pedagogik mahorat markazi direktori o‘rinbosari Dilmurod Safarov hamda Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri Kamolitdin Astanaqulovlar kirish so‘zi bilan ochib berishdi.

Mashg‘ulotlarda «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tajriba (eksperiment) o‘tkazishda umumiy sanitariya, mehnat xavfsizligi va pedagogik xavfsizlik talablari» mavzusida ma’ruza qilindi.

Tajribali o‘qituvchi va metodistlar tomonidan “Suv va uning xossalari. Suv bilan tajribalar orqali bolalarning bilish faoliyatini rivojlantirish”, «Ranglar bilan tajriba», «Havo shari tajribasi» «Kamalak hosi qilish tajribasi», «Tabiiy fanlarni o‘ynab o‘rganamiz», “Nima uchun shunday bo‘ldi?», “Rasmda nima kam?”,» «Noan’anaviy rasm chizish asosidagi laboratoriya» kabi usullarda tarbiyalanuvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlashni, rasm orqali ijodkorlik va fikrlashni rivojlantirish metodikalari o‘rgatildi.