UNICEF tashkiloti tomonidan Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi maktabgacha ta’lim yo‘nalishida malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilar uchun 5 ta rivojlanish markaziga moslashtirilgan xona zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi.
Jumladan, markazlarga bolalar ta’limi uchun moslashtirilgan zamonaviy kutubxona, kompyuter jamlanmalari hamda elektron doskalar, sahnalashtirishga mos holda teatr kiyimlari, tajriba o‘tkazish uchun resurslar yetkazib berildi.
Ushbu jihozlar tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, innovatsion ta’lim usullarini amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi.
UNICEFning mazkur tashabbusi maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirishga, pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirishga muhim hissa qo‘shadi.
Markazning Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi, Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi o‘qituvchilari hamda metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan kurs tinglovchilariga yaratilgan shart-sharoitlar, rivojlanish markazlari, bolalar bilan sahnalashtirish faoliyatini olib borishda qo‘l, barmoq teatrlari hamda eksperiment o‘tkazishdagi talablar, mashg‘ulotlar jarayonida interaktiv usullardan foydalanish bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.


