Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi, filippinlik janob Bernardo Melchor hamkorlik shartnomasiga asosan xorijiy maslahatchi sifatida o‘z faoliyatini boshladi. Jamoa bilan tanishish va 2026-yilda hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalarni muhokama qilish, olib boriladigan ishlar, ta’lim jarayonlari to‘g‘risida kelishib olish maqsadida uchrashuv tashkillashtirildi.
Uchrashuvda maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi samaradorligini taʼminlash, ularning kasbiy bilim, koʻnikma va mahoratini muntazam oshirib borish, Prezident maktablarida toʻplangan ilgʻor tajribalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga keng tatbiq etish maqsadida bir qator jamoaviy rejalar tuzildi, hamkorlikda o‘tkaziladigan tadbirlar belgilandi.


