PISA 2025 tadqiqotiga tayyorgarlik doirasida vebinar tashkil etildi
📅 PISA 2025 tadqiqotiga tayyorgarlik jarayonlari doirasida tanlab olingan maktablarning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari uchun “Matnlarni tushunish qobiliyatini rivojlantirish yo‘llari va matndagi ma’lumotlarni samarali boshqara olish uchun raqamli qurilmalardan oqilona foydalanish masalalari” mavzusida vebinar tashkil etildi.
Vebinarda so‘z olganlar:
🔹 D.T. Tuxfatullina – Navoiy PMM Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari
🔹 Xakimova D.I. – O‘zbek tili metodisti
🔹 Niyozova G.E. – Ona tili va adabiyot metodisti
🔹 Olmosov X.O. – Matematika metodisti
📚 Tadbir davomida PISA o‘qish savodxonligi mashg‘ulotlarida audiomatnlar va ilmiy matnlar tahlil qilinib, ularni o‘qitishda samarali yondashuvlar, bilish, qo‘llash va mulohaza qilish ko‘nikmalarini shakllantirish usullari muhokama qilindi.
📌 Tayyorlov jarayonlari davom etmoqda!