Hurmatli ijodkorlar!
2025-yil Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Navoiy viloyat pedagogik mahorat markazi barchangizni ijodiy CHALLENGEga taklif qiladi!
Tanlov shartlari:
Erkin mavzuda kreativ va qiziqarli video tayyorlang.
Video 1-3 daqiqa davomida bo‘lishi tavsiya etiladi.
Istalgan janrda bo‘lishi mumkin: motivatsion nutq, she’r, qo‘shiq, skit, hikoya, vlog yoki ijodiy chiqish.
Tayyor videongizni #NavoiyYili2025 heshtegi bilan @NavoiyPedagogikmahoratmarkazi Telegram sahifasiga yuboring.
G‘oliblarni nimalar kutmoqda?
Eng kreativ va ta’sirli videolar muhim sovg‘alar bilan taqdirlanadi!
So‘nggi muddat: 23.02.2025
Barchangizni ushbu ijodiy jarayonda faol ishtirok etishga chorlaymiz! Ijod qiling, ilhomlaning va o‘z iste’dodingizni namoyon qiling!
Tashkilotchi: Navoiy viloyat pedagogik mahorat markazi