5-fevral, 2025-yil kuni Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Navoiy, Samarqand va Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazlari hamkorligida o‘tkazilgan onlayn vebinar muvaffaqiyatli yakunlandi!
Tadbir davomida ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, tajriba almashildi. Ustozlar innovatsion metodlar va ilg‘or pedagogik yondashuvlar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz! Ushbu vebinar ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.