DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Kasbiy rivojlanish

Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat instituti, BRITISH COUNCIL, UK international Development, NILE ta’lim tashkiloti hamkorligida ingliz tili mentor-trenerlari uchun CPD dasturi doirasida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Kasbiy rivojlanish kuni” hamda “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasida samarali mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadlari:
O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish tizimini uzluksiz ta’minlash,
Ularning kasb mahorati va malaka saviyasini oshirishga ko‘maklashish,
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini yuksaltirish.

Bunday seminarlar nafaqat o‘qituvchilarning malakasini oshirish, balki ularga yangi pedagogik yondashuvlarni amaliyotda qo‘llash imkonini ham yaratadi.