DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Vebinar

Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 28-yanvardagi 23-son buyrug‘i mazmun-mohiyati bo‘yicha vebinar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbirda Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etmoqda.

Vebinar davomida yangi buyruq mazmuni bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berilib, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va yangiliklar muhokama qilinmoqda. Ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini bildirib, buyruqni samarali amalga oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni muhokama qilinmoqda.

Tadbirda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan strategiyalar hamda pedagogik jarayonni takomillashtirishga oid muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Mazkur vebinar ta’lim tizimidagi islohotlarni chuqur o‘rganish va amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.