Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi metodistlari tomonidan Xatirchi tumani 27-umumta’lim maktabida “Metodik tur” tashkil etildi.
Tadbir davomida Singapur bilan hamkorlikda joriy etilgan sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi (Cerebry) imkoniyatlari haqida so‘z bordi. Ushbu platforma orqali o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha bilim va qobiliyatlarini baholash usullari bo‘yicha batafsil tushuntirish berildi.
O‘qituvchilar va o‘quvchilar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.