DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Seminar trening

Navoiy viloyati pedagogika markazi Axborot-resurs markazi hamda Karmana tumani Axborot-kutubxona markazi hamkorligida Umumta’lim maktablari kutubxona rahbar va xodimlari kursi tinglovchilari uchun «Foydalanuvchilarni axborot madaniyatini tarbiyalash: kitobxonlarni maʼlumot-tahliliy materiallar bilan ishlashga oʻrgatish» hamda «Umumtaʼlim maktablari kutubxonachilarining malakasini, kasbiy bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha maktab kutubxonalarida yuritilishi zarur boʻlgan asosiy meʼyoriy hujjatlari toʻgʻrisida» mavzularida seminar-trening tashkil etildi.

Unda Navoiy viloyati pedagogika markazi Axborot-resurs markazi bosh mutaxassisi N.Gʻafurova kitobxonlarni kutubxonaga jalb qilish usullari, kitobxon-oʻquvchilarga xizmat koʻrsatish ishlari mazmun-mohiyati toʻgʻrisida zarur tavsiya va tushunchalar berildi.