Samarqand va Navoiy viloyatlari pedagogik mahorat markazlari hamkorligida Respublika miqyosida onlayn vebinar o’tkazildi.
Vebinarda Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi direktori professor A.Ibragimov va Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi direktori O’.Mardonov ishtirok etib, vebinarni kirish so’zi bilan boshlab berishdi.
Vebinarda, Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi katta o’qituvchisi V.Turopov va Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi metodisti S.Murtazoyeva «Raqamli texnologiyalar asosida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish» mavzusida ma’ruzalar qilishdi.