Joriy yilning 20-noyabr kuni maktablarda “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari tashkil etilganlik holatini o’rganish maqsadida Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi Ta’lim sifatini nazorati bo’limi bosh mutaxassisi Quldosheva Dilso’z hamda Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi metodistlari Navbahor tumanidagi1-5-6-7-34-umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida:
Koordinator (maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari) tayyorlagan hujjatlar yig’ma jildi ko’rildi.
KRS tadbir o‘tiladigan xona jihozlari, elektron doska, o‘quv qurollari bilan ta’minlaganligi o’rganildi.
Yetakchi o‘qituvchi va ishtirokchi o’qituvchilarning muammo va takliflari tinglandi.
Maktablarda «Kasbiy rivojlanish soati» o’quvlarini sifatli va samarali tashkil etish bo’yicha mas’ullar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.