Davlat ramzlari tarixdan doimo ulugʻ va muqaddas hisoblab kelinadi. Xususan, mustaqilligimiz timsoli – milliy bayrogʻimiz oʻzida xalqimizning asriy orzu-istaklari, gʻayrati va shijoatini mujassam etgan.
Bugun, 18- noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilingan kun!
Shu munosabat bilan Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent J.Pulatov tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun «Muqaddasdir vatan bayrog‘i» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.