DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Metodik tur

Joriy yilning 15- noyabr kuni Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi metodistlari tomonidan Karmana tumanidagi 1- va 32- umumta’lim maktablarida «Metodik tur» tashkil etildi.

«Metodik tur» Karmana tumani MMTB mudiri S. Achilov tashabbusi bilan Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan tashkil etildi.

Metodik tur doirasida metodistlar tomonidan 20 dan ortiq dars tahlillari qilindi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlantirish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida”gi 246-sonli buyrug‘ining mazmun-mohiyati, “O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 32-sonli buyrug‘i tushuntirib o‘tildi.
Tadbir so’ngida barcha darsi tahlil qilingan o’qituvchilarga metodik tavsiyalar berildi.