DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Mahorat darsi

Navoiy viloyati Pedagogika markazi Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi dotsenti v.b P.Djurayeva tomonidan «Inklyuziv ta’limni tashkil etishda zamonaviy strategiyalar» mavzusida Tarix fani kursi tinglovchilari ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.

Unda ishtirokchilar Inklyuziv taʼlimni tashkil etishning zamonaviy strategiyalari, Inklyuziv taʼlim sinfi maqomi berilgan sinflar va korreksion sinflarda taʼlimni tashkil etish mazmun mohiyati, normativ meʼyoriy hujjatlar, bosqich va strategiyalari haqida batafsil maʼlumotlar berilib, dars jarayonida «Xayoliy goʻzallik strategiyasi» va «Besh barmoq» metodlaridan unumli foydalanildi.