Joriy yilning 5-dekabr kuni Toshkent shahri, Hilton mehmonxonasining anjumanlar zalida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti, Jahon banki va OECD tashkiloti hamkorligida O‘zbekistonning PISA 2022 tadqiqoti natijalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Navoiy viloyati pedagogika markazi Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi Tojiyev Gʻayrat ham faol ishtirok etdi.
Ushbu konferensiya PISA 2022 tadqiqoti natijalarining xalqaro darajada eʼlon qilinishi munosabati bilan tashkil etildi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, PISA 2022 tadqiqotda ustuvor yo‘nalish etib matematika belgilangan edi.