Oʻzbek adabiy tili va adabiyotining asoschisi, shoir, olim, maʼrifatparvar, faylasuf, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tavallud topgan. Bugun buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyati pedagogika markazi professor-oʻqituvchilari tomonidan malaka oshirish kursi ishtirokchilari oʻrtasida «Zakovat» intelektual oʻyini tashkil etildi.Batafsil
Navoiy viloyati pedagogika markazi Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sh.Xasanova tomonidan tabiiy fandagi yangiliklar, fanni o`qitishning dolzarb masalalari yuzasidan biologiya kursi ishtirokchilari uchun «Biologiya fanidan Milliy o`quv dasturida belgilangan kompetensiyalarni va hayotiy ko`nikmalarni rivojlantirish usullari» mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-trening oʻquvchilarni fanga qiziqtirish, turli oʻyin va...Batafsil
Navoiy viloyati pedagogika markazi Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi N.Soliyeva tomonidan «Loyihaga asoslangan taʼlim» dasturi asosida fizika kursi ishtirokchilari uchun «Fizika va astronomiya fani darslarida loyihalash taʼlimi texnologiyalaridan foydalanish » mavzusida amaliy mashgʻulot tashkil etildi. Mashgʻulotda turli uskunalar orqali loyihalar amalga oshirildi. Ishtirokchilar zamonaviy texnologiyalar asosida loyihalashtirilgan robototexnika uskunalaridan unumli foydalandilar.Batafsil
Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti R.Usmanova va rus tili kursi ishtirokchilari bilan birgalikda «Применение современных технологий на уроках русского языка » mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Darsda o‘qituvchini XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish ustida ishlash lozimligi ta’kidlandi. Yangi texnologik xarita asosida tashkil etilgan noan’anaviy – muammoli darsda trening...Batafsil
Navoiy viloyati pedagogika markazi Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi katta o`qituvchisi Ixtiyor Aripov va Texnologiya kursi ishtirokchilari bilan «O‘quvchilarni kasbiy diagnostika qilish orqali kasbni to‘g‘ri va ongli tanlash kompetentliligini shakllantirishi» mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Unda ishtirokchilar o`zining pedagogik faoliyati jarayonida o`quvchilar bilan birgalikda qo`l mehnati asosida tayyorlagan ijod namunalari orqali o`z hamkasblari bilan...Batafsil