Navoiy shahar 16-umumiy o`rta ta’lim maktabida Maktab rahbarlari uchun ta’lim sohasida rahbarlik (liderlik) ko’nikmalarini rivojlantirish dasturi (ELDP – Educational Leadership Development Program) bo’yicha seminar tashkil etildi. Ushbu tadbirda Navoiy viloyati pedagogika markazi rahbariyati , Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakillari hamda maktab rahbarlari ishtirok etdi.Batafsil
Navoiy viloyati pedagogika markazi Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi dotsenti v.b P.Djurayeva tomonidan Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari (qozoq sinflarda) kursi ishtirokchilari uchun seminar-trening tashkil etildi. Unda dars jarayonlarini qiziqarli tashkil etish, uning samaradorligini oshirishda yangi metodlardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar berildi.Batafsil
«TALIS — 2024» xalqaro tadqiqoti Avval xabar berganimizdek, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi umumtaʼlim maktablari «TALIS — 2024» tadqiqotida ishtirok etmoqda Navoiy viloyatdagi umumta’lim maktablari orasidan tasodifiy reprezentativlik tamoyili asosida tanlab olingan maktablarda ham tadqiqot jarayonlari bo’lib o’tmoqda. Navbatdagi tadqiqot jarayonlaridan...Batafsil
Bugun Navoiy viloyati pedagogika markazi Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi dotsenti F.Fayziyeva hamda Tarix fani kursi ishtirokchilari tomonidan buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil qilindi. Amir Temur va Temuriylar tarixi bugungi kunda 33ta mamlakatda 500 dan ortiq tadqiqotlarning yaratilayotganligi Amir Temur shaxsining o‘rganilishi temuriylar tarixining qay darajada dolzarbligini ifodalaydi....Batafsil
Navoiy viloyati pedagogika markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi hamda Xatirchi MMTB bilan hamkorlikda Xatirchi tumanidagi 33 – umumiy o’rta ta’lim maktabida metodik tur doirasida o’quv -amaliy seminari tashkil etildi. Tashrif davomida seminar ishtrokchilari PISA xalqaro baholash dasturining mazmun-mohiyati, uning talablari bilan tanishtirildi, shuningdek, metodistlar tomonidan 2025-yilda kutilayotgan PISA sinovlariga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha tavsiyalar berib o’tildi....Batafsil