O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 14-noyabrdagi 540-sonli buyrug`i asosan joriy yilning 4-5-dekabr kunlari Navoiy viloyatining barcha o‘rta ta’lim maktablarida mutaxassislik fanlari boʻyicha grafik asosida diagnostik testlar boʻlib oʻtmoqda. Qayd etish joizki, diagnostika jarayonlari kasbiy ehtiyojlarni aniqlashga qaratilgan bo‘lib, uning natijalari o‘qituvchilarning mehnat faoliyatiga hech qanday huquqiy va moliyaviy taʼsir ko‘rsatmaydi.Read More
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan “Boshlang‘ich ta’lim tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada Navoiy viloyati pedagogika markazi Maktabgacha, boshlang`ich va maxsus ta`lim metodikasi kafedrasi dotsenti v.b Djurayeva Pedegul Saidovna «Umumta`lim maktablarida inklyuziv ta`limni joriy etishning diffirentsial yondashuv samaradorligi» mavzusidagi ma`ruzasi bilan ishtirok etdi.Read More
«Har kim oʻz shaʼni va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega». Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, 27-modda Navoiy viloyati pedagogika markazi va Navoiy viloyati hokimligi huzuridagi FOʻOʻBOXMOB oʻquv kursi hamkorligida «Zoʻravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz» aksiyasi doirasida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida zoʻravonlikning turlari, zoʻravonligi bo`lgan shaxslarga nisbatan davlat...Read More
Joriy yilning 30-noyabr kuni Navoiy viloyati pedagogika markazi direktori psixologiya fanlari nomzodi, professor Faxriddin Ro`ziqulov Rossiyaning Kuzbass kasbiy taʼlimni rivojlantirish hududiy institutining navbatdagi ilmiy kengashida ishtirok etdi. Mazkur ilmiy kengashda ilmiy, uslubiy va pedagogik masalalar oʻrin olib, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab olindi.Read More
Joriy yilning 30-noyabr kuni Navoiy viloyati pedagogika markazi Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi U.Ilyasova hamda Tasviriy san’at va chizmachilik fani tinglovchilari ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi. Unda tinglovchilar tomonidan malaka oshirish jarayonida qoʻl mehnati asosida tayyorlangan buyumlar va sohaning portret, nabroska, qoralama terminlariga izoh berilib undan namunalar amaliyotda chizib ko`rsatildi.Read More