Hurmatli tadqiqotchi, oʻqituvchi va murabbiylar! Sizlarni «Umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni tashkil etish. Inklyuziv ta’limni targ‘ib qilish qoidalari» mavzusida boʻlib oʻtadigan online-vebinarga taklif etamiz! Ushbu mavzuda oʻzingizni qiziqtirgan savollarga Navoiy viloyati Pedagogika markazi Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi o‘qituvchilaridan bevosita javob olasiz. 2024-yil 18-yanvar kuni quyidagi ZOOM havolasi orqali soat 14:00da ishtirok etishingiz mumkin....Read More
Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi xalqimizni barchamiz uchun qadrli bayram – «Vatan himoyachilari kuni» bilan qutlaydi. El-yurt tinchligi, oilalar osoyishtaligi, chegaralarimiz daxlsizligi uchun sidqidildan xizmat qilayotgan fidoyi oʻgʻlonlarga minnatdorlik bildiramiz. Aziz Vatan himoyachilari! Sizlarga oilaviy xotirjamlik, sogʻlik-salomatlik, koʻtarinki ruhiyat tilaymiz. Hayotingiz va faoliyatingiz doimo sharaf va zafarlarga toʻliq boʻlsin!Read More
Navoiy viloyati pedagogika markazida 14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni» Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi professor-oʻqituvchilari va kurs ishtirokchilari tomonidan «Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni» shiori ostida badiiy kecha tashkil etildi. Unda turli sahna koʻrinishlari, 5-son Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining badiiy chiqishlari tomoshabinlarga manzur boʻlib, bayram kayfiyatini...Read More
Joriy yilning yanvar oyida Navoiy viloyati Pedagogika markazining Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi navbatdagi «Metodik tur» xizmat safarida Konimex tumanidagi 22-maktabda bo‘ldi. Manzilli metodik yordam ko‘rsatish maqsadida tashrif buyurgan metodistlar guruhi o‘qituvchilarni 4 yo‘nalish bo‘yicha pedagogik innovatsiyalar bilan tanishtirdi hamda – Zamonaviy darsliklarning afzalliklari; – Yangi darsliklar asosida loyiha ishlarini amalga oshirish tartibi; – Darslardagi fanlararo...Read More
2024-yilning yanvar oyida Navoiy viloyati Pedagogika markazining Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi Navbahor tumanidagi 16-maktabga metodik xizmat safarida bo‘ldi. Ushbu «Metodik tur» davomida sifatli ta’limni amalga oshirish maqsadida o‘qituvchilarga: – Zamonaviy darsliklarning afzalliklari; – Yangi darsliklar asosida loyiha ishlarini amalga oshirish tartibi; – Darslardagi fanlararo integratsiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kabi bir qator mavzularda o‘quv-seminarlar tashkil qilindi....Read More