Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.
admin

By

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan 1-avgustdan boshlab «Uzluksiz kasbiy ta‘lim» elektron platformasi (onlinedu.uz)da umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fani hamda 5-sinf “Tabiiy fan (Science)”ning mazmun-mohiyati bo‘yicha “Biologiya”, “Geografiya”,  “Fizika” fani yo‘nalishlari bo‘yicha qisqa muddatli onlayn malaka oshirish kurslari faollashtirildi.
Batafsil
Bugun Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida Matematika fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining bitiruv ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi hamda Umumiy o‘rta taʼlim maktabi psixologi huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash va O‘zbek tili va adabiyoti fanidan dars berish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kurslari bitiruvchilariga diplomlar topshirildi....
Batafsil
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy kengashining qaroriga asosan Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi dotsenti v.b Perdegul Djurayevaga dotsent maqomini beruvchi diplom topshirildi. Ustozning kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida omad va zafarlar tilaymiz. Hurmat bilan Navoiy viloyati pedagogika markazi jamoasi.
Batafsil
Navoiy viloyati pedagogika markazi Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi dotsenti E.Cho‘liyev tomonidan Tarbiya fani tinglovchilari uchun «Raqamli texnologiyalar. Ta’limda raqamlashtirish. Bulutli texnologiyalar va ulardan foydalanish. Pedagogik dasturiy vositalar» mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Unda dars jarayonini sifatli tashkil etish, amaliy mashgʻulotlarga koʻproq vaqt ajratish, oʻtilayotgan mavzularni kundalik turmush bilan bogʻlagan holda tushuntirish kabi tavsiyalar berildi....
Batafsil
Navoiy viloyati pedagogika markazida iyun oyida «Pedagoglarning «kasbiy zo‘riqishi»ni oldini olish nazariya va usullari» va «Oʻquvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini oshirish va tanqidiy tahlil qilish» mavzularda o‘tkazilgan onlayn vebinarlardan fotolavhalar.
Batafsil
1 42 43 44 45 46 110