Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi dotsenti Xasanova Xurshida Nayimovnaning «Taʼlim v tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo)» ixtisosligi boʻyicha «Kimyo fanini oʻqitish jarayonida STEAM taʼlimidan foydalanish» mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.Batafsil
Mustaqilligimizning 33 yillik ayyomiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilishi munosabati bilan 24-avgust mamlakatimizda «Mahalla obod — yurt obod» shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo’lib o’tdi. Hasharda Markaz rahbariyati va xodimlari uyushqoqlik bilan faol ishtirok etishdi.Batafsil
Navoiy viloyati Uchquduq tumani 7-sonli tayanch maktabida Xalqaro taʼlim tashkiloti dasturi asosida oʻtkazilayotgan treninglar o’z nihoyasiga yetdi. Seminar-treninglar yakunida tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo’limi rahbari Sh. Sattorov va Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi metodisti U. Rahmonovlar ishtirokchilarga taʼlim sifatini yaxshilashdagi faoliyatlarida omadlar tiladi. Ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.Batafsil
Navoiy viloyati Konimex tumani 7-maktabida ham Xalqaro taʼlim tashkiloti dasturi asosida 3-bosqich treninglari davom etmoqda. Bugungi treninglar davomida Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi dotsenti Djurayeva Perdegul tomonidan «Boshlangʻich taʼlimda formativ baholash» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.Batafsil
Navoiy viloyati Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarining tayanch maktablarida Xalqaro taʼlim tashkiloti dasturi asosida 3-bosqich treninglari davom etmoqda. Bugungi seminar-treninglarga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi vakili I.Xurramov va Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masul xodimi R. Safarov tashrif buyurib, trening qatnashchilariga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishib ishtirokchilarga taʼlimi sifatini yaxshilashdagi faoliyatlarida omadlar tiladi.Batafsil