Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi» metodistlari tomonidan Nurato tumani maktabgacha va maktab bo’limi bilan hamkorlikda maktablarda faoliyat yuritayotgan o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va master trenerlar uchun 17- oktyabrda o‘quv-seminari tashkil etildi. Batafsil➡️https://telegra.ph/Mahoratli-oqituvchi—zamonamiz-tayanchi-10-18Batafsil
Hurmatli ustozlar! Sizlarni navbatdagi vebinarimiz Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi «Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida «Kasbiy rivojlanish kuni» va «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirlarni tashkil etish» 246-sonli buyrugʻining mazmun-mohiyati. Tashkilotchilar: Uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish bo‘limi, Fanlarni rivojlantirish bo‘limi, Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi. O‘tkazish sanasi 18.10.2024 O‘tkazilish vaqti: 14:30Batafsil
Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi 246-son buyrugʻiga asosan joriy yilning oktabr oyidan Tabiiy va aniq fanlar bo’yicha “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari boshlangan edi. Ushbu tadbirlar doirasidagi oʻquv mashgʻulotlari maʼruza, amaliy mashgʻulot, laboratoriya ishi, seminar, tajriba almashish darsi, trening, interfaol mashgʻulotlar va boshqa shakllarda olib boriladi. Shu maqsadda...Batafsil
Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi dotsenti Djurayeva Perdegul tomonidan Boshlang‘ich ta’lim (Qozoq sinflarda) kursi tinglovchilari uchun 1.2. Boshlangʻich ta’limda ilgʻor va xorijiy tajribalar moduli kesimida «Xаlqаro bаholаsh dаsturi аsosidа boshlаngʻich sinf oʻquvchilаrininig tаshkiliy pedаgogik xususiyаtlаr» mavzusida tashkil etilgan mahorat darslaridan fotolavhalar.Batafsil
2024-yil 15-oktyabr kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan “Filologik ta’limda zamonaviy yondashuv va innovatsiyalar: tadqiqot va o‘qitish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Ilmiy-amaliy seminarda Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari Suvanova Mavjuda, Xakimova Dilorom, Niyozova Gulhayo tomonidan ma’ruzalar qilindi.Batafsil